Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 24-noyabr kuni Rossiyani Sochi—2014 Olimpiadasida bobsley bo‘yicha musobaqalarda qo‘lga kiritilgan ikkita oltin medaldan mahrum qildi, deb yozadi Meduza. Bunga ham ikkilik, ham to‘rtlik musobaqalarida marraga birinchi bo‘lib kelgan rossiyalik sportchi Aleksandr Zubkovning namunalarida antidoping qoidalari buzilgani sabab bo‘ldi. Oqibatda Rossiya norasmiy medal jadvalida peshqadamlikni boy berib, birinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa tushib ketdi.
Rossiya Sochi Olimpiadasidagi birinchi o‘rindan ayrildi. Medallar jadvalida endi Norvegiya peshqadam
Mavzuga doir
×
Izoh (0)