AQSh rasmiylari Turkiyani o‘zlarining ssenariylariga ergashmagani uchun jazolashni istamoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi a’zolari oldidagi chiqishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Amerika chizgan chizig‘idan yurmaganimiz uchun bizni jazolash, muhokama qilish, obro‘sizlantirishga urinmoqda. Sxema tushunarli. Ular buni mamlakatimizdagi gumashtalari orqali, FETO bilan birgalikda qilmoqda”, — dedi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘onga ko‘ra, bu “hujum, aldov va bo‘htonlar yagona maqsad — Turkiyani tiz cho‘ktirishga qaratilgan. Biroq, har qancha chiranishmasin, muvaffaqiyatga erisholmaydi”.
Izoh (0)