Yaponiyaning Suruoka shahri (Yamagata prefekturasi) dengiz sohillari yaqinida 3 kishining jasadi topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ularning Shimoliy Koreya fuqarolari ekanligi taxmin qilinmoqda.
Mamlakat qirg‘oq himoyasi xizmati xodimlari uch jasadda ham qutqaruv nimchalari borligini aniqladi. Qurbonlardan birining kiyimiga KXDR dohiysi Kim Ir Sen portreti tushirilgan nishon qadalgandi.
Ikki kun avval Yamagata qirg‘oqlarida yog‘och qayiq topilgandi. Huquq-tartibot idoralari halok bo‘lganlar shu qayiqda suzib kelganini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)