3-dekabr, yakshanba kuni Rossiyaning Belgorod shahri yaqinida xo‘jalik poyezdi temir yo‘lni kesib o‘tish joyiga chiqqan avtomobil bilan to‘qnashib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi og‘ir ahvolda kasalxonada yotibdi, deb yozadi “Interfaks”.
Janubi-Sharqiy temir yo‘l matbuot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Belomostnaya va Belgorod bekatlari o‘rtasidagi qo‘riqlanmaydigan kesib o‘tish joyida xo‘jalik poyezdi yaqinlashayotganidan darak berib yonayotgan svetoforning taqiqlovchi signaliga va ishlayotgan signalizatsiyaga qaramay, Toyota avtomobili haydovchisi temir yo‘l ustiga chiqib ketgan.
Poyezd mashinisti shoshilinch tormoz bergan, biroq masofa yetarli bo‘lmagani sababli to‘qnashuvning oldini olib bo‘lmagan.
Izoh (0)