Afg‘onistonda xudkush terrorchi hujumi natijasida 6 kishi halok bo‘ldi, yana 13 kishi yaralandi, deb yozadi “Korrespondent.net” Nangarhar viloyati ma’muriyati vakillariga tayanib.
Qurbonlar orasida ayollar va yosh bola ham bor. Terrorchilik guruhlaridan hech biri ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olganicha yo‘q.
Terrorchilik harakati 3-dekabr, yakshanba kuni Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahrida yuz berdi.
Hukumat xabarida aytilishicha, shohidlar kamarini taqib olgan xudkush terrorchi portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mototsiklda harakatlanib, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniyni qo‘llab-quvvatlab tadbir o‘tkazilayotgan stadion yaqinida o‘zini portlatib yuborgan.
Izoh (0)