O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida yuz bergan yong‘inlar oqibatida halok bo‘lganlar bor.
22-noyabr kuni Xorazm viloyati Xiva tumanida yashovchi fuqaro A.X.ning uyida elektr isitish moslamasini yoqib nazoratsiz qoldirilishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Uyning 4 kvadrat metr maydonda o‘rin-ko‘rpasi yonib, zararlangan.
“Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining tutundan dimiqqan xoldagi jasadi topilgan”, — deyiladi IIV axborotida.
23-noyabr kuni Buxoro viloyati Buxoro tumanida yashovchi fuqaro Yu.Ya.ning uyida elektr isitish moslamasini yoqib nazoratsiz qoldirilishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Uyning 20 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
O‘zbekiston IIV matbuot xizmatining qayd etishicha, yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan.
Izoh (0)