Hindistonda 35 yoshli Maqsud Xon operatsiya qilinib, uning oshqozonidan yetti kilogramm turli predmetlar chiqarib olindi. Bu haqda ZeeNews’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Bemor qornidagi og‘riq tufayli shifoxonaga kelgan va shifokorlar unga zaharlanish tashxisini qo‘ygan. Biroq erkak endoskopiya qilingach, uning oshqozonida ko‘plab yot predmetlar borligi ma’lum bo‘lgan. Bemor darhol operatsiya qilingan.
Jarrohlar uning oshqozonidan 263 dona tanga, 100 dona mix, bolt va gaykalar, soqol olishda ishlatiladigan lezviyalar, oyna siniqlari, shuningdek, toshlarni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, hozirda Maqsud Xonning hayotiga hech nima xavf solmayapti. Tibbiyot xodimlari erkak ruhiy kasal ekanligini aniqladi. Uning “taomlari ro‘yxati”dan qarindoshlari ham, do‘stlari ham bexabar bo‘lgan.
Izoh (0)