Tel-Aviv sudi Isroil hududida UberDAY va UberNIGHT servislari faoliyatini man etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Uber’ga qarshi da’voni mahalliy transport vazirligi kiritdi. Uning vakillarini mazkur servis litsenziya va sug‘urtaga ega bo‘lmagan haydovchilar tomonidan taqdim etilayotgani darg‘azab qildi.
Isroil Uber’ning asosiy raqiblaridan biri, shtab-kvartirasi Tel-Avivda joylashgan Gett uchun qadrdon bozor hisoblanadi. Uning ulushiga mamlakatdagi barcha taksi buyurtmalarining taxminan 28 foizi — yiliga 20 million qatnov to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)