Belgiyaning Gent shahrida Volvo XC40 ixcham krossoveri ishlab chiqarila boshladi, deb xabar beradi Motor.
Avtomobillar 2018-yilning boshida yetkazib berila boshlaydi. Kompaniyaning avtomobil yig‘ish sexi maydoni yangi model avtomobilini ishlab chiqarish uchun 8 ming kvadrat metrga kengaytirildi va 363 ta yangi robot o‘rnatildi.
Belgiyadagi zavod 1965-yildan boshlab Volvo avtomobillarini ishlab chiqaradi. Bu yerda ilk avlod XC60 krossoverlari, V40 va V40 Cross Country xetchbeklari , shuningdek S60 sedani va V60 avtomobillari ham yig‘ilgan.
Izoh (0)