Indoneziyaning Bali kurort orolidagi xalqaro aeroportda uyiga uchib keta olmagan 60 ming turist reyslar qaytalanishini kutib turibdi. Bu haqda 27-noyabr kuni aeroport rasmiy vakili bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Aeroport Agung vulqoni otilishi tufayli ertalabdan yopilgan edi. Barcha reyslar uchun 24 soatlik tanaffus e’lon qilindi. Shu paytgacha 445 reys qoldirildi. Samolyotlar Baliga yetib bormay, Jakarta, Singapur va boshqa shaharlar aeroportlariga yo‘l olmoqda.
Agung vulqoni otilishida hosil bo‘lgan kul qatlami aeroport osmonini qoplagani bois uni yopishga qaror qilingan edi.
Muqaddam xabar qilinganidek, Indoneziya hukumati Agung vulqoniga eng yuqori xavflilik maqomini berdi.
Izoh (0)