Mumbay xalqaro aeroportida yangi jahon rekordi o‘rnatildi: 24-noyabr, juma kuni aeroportda 969 samolyot parvoz va qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Times of India manbalariga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Shu tariqa aynan ushbu aeroportda oldinroq o‘rnatilgan rekord (24 soat mobaynida 935 reys) yangilandi.
Aeroportda har kuni 900 ga yaqin reys amalga oshiriladi. 24-noyabr kuni rejalashtirilmagan charter reyslari va xususiy samolyotlar parvozi ko‘p bo‘lgani tufayli rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘lindi.
“Biz yaqin orada kuniga 1000 reys marrasidan o‘tishni ko‘zlayapmiz”, — dedi Mumbay aeroporti vakili.
Shunisi ham borki, mazkur aeroport bir-birini kesib o‘tuvchi ikki uchish-qo‘nish maydoniga ega bo‘lib, bu ikki maydondan bir paytning o‘zida foydalanish imkonini bermaydi.
Izoh (0)