Sinaydagi masjidda 24-noyabr kuni yuz bergan terakt islom va insoniylik aqidalariga mutlaqo zid. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim fikr bildirdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Biz Misrdagi jirkanch teraktni qat’iy qoralaymiz. Juma namozi vaqtida masjiddagi namozxonlarga qarata granatalar uloqtirish va ularni o‘qqa tutish ham islom aqidalariga, ham insoniylik talablariga ziddir”, — dedi Yildirim Istanbuldagi tadbirda qilgan chiqishi chog‘ida.
Avvalroq Sinaydagi masjidda yuz bergan terakt munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyga hamdardlik bildirgani haqida xabar berilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Sinay shimolidagi Bir al-Obid shahridagi masjidga terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida 305 kishi halok bo‘lgan. Misr rasmiylariga ko‘ra, hujumga aloqador barcha jangarilar yo‘q qilingan.
Izoh (0)