AQSh Mudofaa vazirligi 27-noyabr, dushanba kuni Suriyadagi harbiy kontingentining haqiqiy sonini oshkor etishi mumkin. Bu haqda, anonim manbalarga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Manbalarga ko‘ra, kontingent avvalroq aytilgan 500 kishidan 4 marotaba ko‘p.
Gap Suriyaga qo‘shimcha harbiylar yuborilganida emas, vazirlik boshqacha tizimda hisob-kitobni qo‘llaganidan so‘ng e’lon qiladigan aniqroq raqamlar haqida ketayotgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Pentagon shu paytgacha Iroqda 5 262, Suriyada esa 503 nafar amerikalik harbiy xizmatchi bo‘lib turganini bildirib kelayotgan edi.
Izoh (0)