Davomi: Misrda masjiddagi terakt oqibatida 155 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi
Portlash al-Arish shahri yaqinidagi masjidda amalga oshirildi. Terrorchilar juma namozi chog‘ida hujum uyushtirdi.
“Masdar” portali xabariga ko‘ra, terakt oqibatida 50 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Shu bilan birga, mahalliy “al-Ahram” gazetasida yozilishicha, hujum qurbonlari yo‘q, lekin 70 kishi yaralangan.
Yaralanganlar shifoxonaga yetkazilmoqda.
Reuters’ga ko‘ra, portlash amalga oshirishdan tashqari, terrorchilar namozga to‘planganlarni o‘qqa tutgan.
Izoh (0)