Tinch okeanida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Grumman C-2 Greyhound transport samolyoti quladi. U “Ronald Reygan” aviatashuvchi kemasi tomon uchayotgan vaqtida suvga qulagan, deya xabar bermoqda Meduza.
Hodisa Yaponiyaning Okinotori atolli (Filippin dengizi)dan taxminan 150 kilometr masofada yuz bergan. Avariya sabablari hozircha noma’lum.
Samolyot bortida 11 yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan. AQSh harbiy-dengiz kuchlari axborotiga ko‘ra, sakkiz kishi tirik holda topilgan, qolganlarni izlash ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)