Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni birinchi darajali “Manas” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Putin “ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun” Qirg‘izistonning oliy mukofoti bilan taqdirlangani bildirilmoqda.
“Manas” 1996-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, uchta darajaga ega. Davlat rahbari istisno tariqasida III va II-darajalarni chetlab o‘tib, birinchi darajali orden bilan taqdirlash vakolatidan foydalanishi mumkin.
Unga loyiq ko‘rilganlar safida yozuvchi Chingiz Aytmatov va BMT sobiq bosh kotibi Kofi Annan bor.
Izoh (0)