Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Bu haqda Isroil hukumati rahbari devonxonasi rahbari Anna Yonatan-Leus ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Suhbat yarim soat atrofida davom etdi. Unda Suriya mavzusi, shuningdek, Eronning mazkur mamlakat hududida o‘rnashib olishga urinishi muhokama qilindi. Bosh vazir Isroil xavfsizligiga tegishli nuqtai nazarini aytib o‘tdi va Eron kuchlari Suriyada o‘rnashib qolishini qabul qilmasligini bayon etdi”, — dedi Anna Yonatan-Leus.
Kreml matbuot xizmati Isroil tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning rivojlanish istiqbollari, xususan, Suriyada yakuniga yetayotgan xalqaro terrorchilikka qarshi kurash masalalari muhokama etilganini bildirdi.
Izoh (0)