Muqaddam ahvoli og‘irlashib, chuqur komaga tushib qolgani xabar qilingan aktyor Shuhrat Nuraliyev vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq qandli diabet kasalligidan aziyat chekib kelayotgani aytilgan san’atkor chuqur koma holatiga tushib qolgani, Endokrinologiya institutida hayot uchun kurashayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, Shuhrat Nuraliyev O‘zbek milliy drama teatri va kinodagi qator rollari bilan tanilgan. Xususan, “Osmondagi bolalar”, “Devona”, “Ulfatlar-2”, “Yangi boy”, “Sevginator-2”, “Zarb” filmlaridagi rollari uni ayniqsa mashhur qilgan.
Shuhrat Nuraliyev kinorejissor sifatida bir qancha filmlarni suratga olgan, so‘nggi vaqtlarda esa xususiy teatrda bosh rejissor sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Izoh (0)