AQSh Davlat departamenti Gruziyaga umumiy qiymati 75 million dollar bo‘lgan qurol-aslahalar sotilishini ma’qulladi. Bu haqdagi yakuniy qarorni Kongress qabul qiladi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Davlat departamenti Gruziyaga Javelin tankka qarshi raketalari va qo‘mondonlik ishga tushirish qurilmalari sotilishini ma’qulladi. Ularning bahosi 75 million dollarga boradi”, — ma’lum qiladi Pentagon.
AQSh mudofaa vazirligiga ko‘ra, Gruziya jami 410 ta Javelin tankka qarshi raketasi va 72 ta qo‘mondonlik ishga tushirish qurilmasini so‘ragan. Shartnoma ularni yetkazib berish, foydalanishni o‘rgatish va boshqa xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)