Rossiyaning Magadan viloyati ichki ishlar xodimlari kir yuvish mashinasida jonsiz holda topilgan besh yoshli qizchaning o‘limi yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“2017-yilning 20-noyabr kuni besh yoshli qizcha olti soat davomida uyda yolg‘iz qolgan. Uyga taxminan soat 18:00 da qaytgan kattalar qizchani kir yuvish mashinasidan jonsiz holda topgan”, — deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, hozirda sud-tibbiy ekspertiza jarayonida qizchaning o‘limi sababi o‘rganilmoqda. Biroq, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qizcha kir yuvish mashinasi ichida havo yetishmasligidan bo‘g‘ilib o‘lgan.
Shuningdek, tekshiruv jarayonida qizchaning nima sababdan uyda yolg‘iz qolgani va bu holat qanchalik tez-tez takrorlanishi, uning nima sababdan maktabgacha ta’lim muassasasiga bormasligi ham o‘rganiladi.
Izoh (0)