Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari oktabr oyida bir oy avvalgiga nisbatan 1 foizga qimmatlashib, kvadrat metri uchun 533 dan 536 sh.b. ga qimmatlashdi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash kompaniyasiga asoslanib, “Gazeta.uz”ga xabar qildi.
Oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 1 foizga oshib, 576 sh.b. dan 584 sh.b. ga yetgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi o‘zgarishsiz qoldi (504). Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 522 sh.b. (o‘zgarishsiz), ikki xonali — 500 (-1 foiz), uch xonali — 563 (o‘zgarishsiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 554 (+2 foiz).
Oktabr oyida poytaxtdagi 11 ta tumanning 5 tasida taklif etilayotgan narxlarda pasayish kuzatilgan bo‘lsa, yana 5 tasida o‘sish kuzatilgan, bitta tumanda esa o‘zgarish sodir bo‘lmagan.
Bu boradagi to‘liq ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Izoh (0)