HeadHunter portalida oktabr oyida eng yuqori haq to‘lanadigan soha “Axborot texnologiyalari, internet, telekom” bo‘ldi: bu yerda maksimal maoshlar oyiga 5—12,7 million so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.
Oktabrda sentabrga nisbatan 4 marotaba ko‘p vakansiyalar joylashtirildi. Vakansiyalar soni bo‘yicha eng talabgir sohalar “Sotuvlar” (21,3 foiz), “Axborot texnologiyalari, internet, telekom” (10,1 foiz), “Marketing” (9 foiz), “Ma’muriy personal” (8,4 foiz) va “Ishlab chiqarish” (8,4 foiz) bo‘ldi.
HeadHunter versiyasi bo‘yicha O‘zbekistondagi 10 ta eng ko‘p haq to‘lanadigan vakansiyalar (ularning bari Toshkentda) quyidagilardan iborat:
- Node.JS bekend-ishlab chiquvchisi — 12 750 000 so‘m;
- Front end developer (JavaScript) — 12 750 000 so‘m;
- Tijoriy bo‘lim boshlig‘i — 12 078 120 so‘m;
- Android Developer — 10 000 000 so‘m;
- Ingliz tilidagi maqolalar muallifi/Kopirayter-rerayter — 8 052 080 so‘m;
- English content copywriter — 8 052 080 so‘m;
- Oziq-ovqat sanoati texnologi — 8 052 080 so‘m;
- C/C++ dasturchisi/ dasturchi-ishlab chiquvchi — 8 000 000 so‘m;
- Logistika va ta’minot bo‘limi boshlig‘i — 7 000 000 so‘m;
- Moliyaviy direktor o‘rinbosari — 7 000 000 so‘m.
Izoh (0)