Britaniyalik iste’molchilarning 2017-yili ommaviy sotuvlar kuni — “qora juma”dagi xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan salkam 4 foizga oshib, 10,1 milliard funt sterlingni (13,3 milliard dollar) tashkil etadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ekspertlarga ko‘ra, xaridlarning asosiy qismi internet-do‘konlarda amalga oshiriladi.
“Qora juma”ning har daqiqasida britaniyaliklar internetda 1,74 million funt sarflaydi va London vaqti bilan ertalabki soat 9:00 dayoq xaridlar summasi 700 million funtdan oshadi.
Britaniyaliklar “qora juma” an’anasini AQShdan o‘zlashtirdi. Mamlakatda bu kun 24-noyabrga to‘g‘ri keladi, biroq chegirma va bonuslar deyarli bir haftaga cho‘ziladi.
Izoh (0)