Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Tsukuba Express temiryo‘l kompaniyasi o‘z saytida poyezdlardan birining jadvalda ko‘rsatilgan vaqtdan 20 soniya avval jo‘nab ketgani uchun kechirim so‘radi, deb yozadi TJournal.
Tokiodagi Akixabara stansiyasini Ibariki prefekturasidagi Sukuba stansiyasi bilan bog‘lovchi poyezd jadval bo‘yicha 9:44 da jo‘nab ketishi kerak edi, biroq u 9:43:40 da joyidan qo‘zg‘algan.
Xabarda qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishda poyezdlar har to‘rt daqiqada harakatlanadi. Biroq, Tsukuba Express vakillarining ma’lumotnomasida “mijozlarimizga yetkazilgan jiddiy noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz” deyiladi.
Bundan tashqari, kompaniyaning ma’lum qilishicha, jadvaldagi va poyezdning jo‘nab ketgan vaqti o‘rtasidagi tafovut unchalik katta bo‘lmasa-da, “kompaniya poyezdlar jadval bo‘yicha harakatlanishi haqidagi va’dasini bajarmagani uchun bu holat aholi o‘rtasida norozilik keltirib chiqaradi”.
Izoh (0)