Oktabr boshida Xitoyning Tyanszin shahrida Binxay kutubxonasi ochildi. Meduza’ning yozishicha, futuristik bino Gollandiyaning MVRDV arxitektura byurosi tomonidan loyihalashtirilgan.
Kutubxonaning markaziy zalida oq shar bor, uning ustida — gumbaz, ko‘plab kitob tokchalari esa asta shiftga ulanib ketgan. Kutubxona Tyanszin aholisi orasida ommabop tashrif joyiga aylandi, suratlari esa ijtimoiy tarmoqlarda virusli tarzda tarqala boshladi.
Kutubxona ochilganidan bir oy o‘tib, fotobanklarda chiroyli zal tokchalarida aslida kitob yo‘qligini ko‘rsatuvchi fotosuratlar paydo bo‘ldi — uzoqdan kitobdek ko‘rinib turgan lavhalar aslida chizilgan ekan.
Kutubxona direktori o‘rinbosari Syufen Lyuning so‘zlariga ko‘ra, shahar ma’muriyati markaziy zal tokchalariga kitob qo‘yishga ruxsat bermagan, kitoblarni kutubxonaning boshqa zallaridan topish mumkin. “Suratlar va haqiqiy vaziyat o‘rtasida katta farq bor”, — deya qayd etdi muassasa tashrifchilaridan biri.
Lyuning aytishicha, suratlarda ko‘rinib turgan oz miqdordagi haqiqiy kitoblar ham tokchalarga vaqtincha qo‘yilgan. Kutubxona bu kitoblarni ham yaqin vaqt ichida olib tashlashi kerak.
Izoh (0)