IShID jangarilari Raqqa markazida deyarli har bir binoni minalashtirgan. Bu haqda AQSh prezidentining IShIDga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakili Brett Makturk ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Terrorchilar risoladagidek hayotga qaytilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shahar markazidagi deyarli har bir binoda portlovchi modda qoldirgan”, — deb yozdi Makturk Twitter’dagi sahifasida va so‘zlarining isboti sifatida koalitsiyada tayyorgarlikda o‘tgan suriyalik sapyor halok bo‘lgan shahar bosh kasalxonasi fotosini joylashtirdi.
AQSh prezidenti vakili shaharda hali ish ko‘p ekanligini ta’kidladi va koalitsiya bo‘yicha sheriklarni barqarorlashtirish choralarini ko‘paytirish va jadallashtirishga chaqirdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)