AQSh Davlat departamenti Polshaga umumiy qiymati 10,5 milliard dollar bo‘lgan Patriot raketa majmualarini yetkazib berilishini ma’qulladi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Ushbu majmualar rasmiy Varshava ixtiyoriga 2019-yildayoq yetkazib berilishi mumkin. Reuters’ning xabar berishicha, mazkur qaror Rossiya Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olganidan so‘ng ishlab chiqilgan NATO yo‘nalishi bo‘yicha yordam doirasida qabul qilingan.
Patriot raketa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha bitim AQSh va Polsha o‘rtasida 2017-yil iyul oyida imzolangan edi.
Polsha mudofaa vaziri Antoniy Matserevichning qayd etishicha, majmualar birga olinayotgan boshqa harbiy texnologiyalar Rossiyaning “Iskander” tizimlariga qarshi samarali harakat qilish imkonini beradi.
Izoh (0)