Dunyodagi eng katta havo kemasi — Airlander 10 Buyuk Britaniyada halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Samolyot va dirijabl gibridi bo‘lgan uchish qurilmasi Bedfordshir grafligida mahkamlab qo‘yilgan machtasidan ajralib, maydonga quladi. Uning bortida bo‘lgan ayol — ekipaj a’zosi jarohat oldi va kasalxonaga yetkazildi. Airlander’ning 20 tonnali kabinasi butkul vayron bo‘ldi.
Kema ustida ish olib borayotgan Hybrid Air Vehicles kompaniyasi 17-noyabr, juma kuni sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgandi. Qurilmani yaratishga 100 million funt sterling (132 million dollar) sarflangan edi.
Izoh (0)