Guanchjouda (Xitoy) dunyoda ilk elektr energiyasida ishlovchi kema suvga tushirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kemaning suv sig‘imi 2 tonnadan iborat. Umumiy uzunligi 70,5, eni 13,9, botish darajasi esa 3,3 metrga teng. Ekipaj 6 kishini tashkil etadi.
Kema litiy batareyali ikki elektr dvigateliga ega. To‘liq quvvatlangan holda (buning uchun ikki soat talab etiladi) 80 kilometrga suzib borishi mumkin.
Shu tariqa, portda quvvatlanish chog‘ida bir paytning o‘zida yukni qayta ishlashni amalga oshirsa bo‘ladi.
Kema Chjutszyan daryosida yuklarni tashishi bildirilmoqda.
Izoh (0)