AQSh prezidenti Donald Tramp Erondan neft keltirilishiga qo‘yilgan embargoni uzaytirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Erondan bo‘lak mamlakatlarda ham yetarli darajada neft va neft mahsulotlari borligiga aniqlik kiritdik. Bu Erondan xarid qilinadigan neft va neft mahsulotlari hajmini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi”, — deyiladi Tramp AQSh moliya va energetika vazirlariga yo‘llagan memorandumda.
Oldinroq Tramp 1979-yilda joriy etilgan Tehronga nisbatan bir tomonlama sanksiyalar tartibini yana bir yilga uzaytirgandi.
Izoh (0)