Poytaxt Xarareni nazoratida tutib turgan Zimbabve harbiylari prezident Robert Mugabening yaqinlariga mansub bir necha kishini qo‘lga oldi. Bu haqda The Herald hukumat nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Operatsiyamiz davomida sezilarli muvaffaqiyatga erishdik. Bir necha jinoyatchini qo‘lga oldik, biroq ayrimlari yashirinishga muvaffaq bo‘ldi”, — deyiladi harbiylar bayonotida.
Qo‘lga olinganlar ro‘yxati keltirilmadi, biroq gap “Mugabening yaqinlaridan iborat jinoyatchilar” haqida ketayotganligi bildirilmoqda.
Harbiylar aholini operatsiya yakunlanguncha osoyishtalikni saqlashga chaqirdi.
Izoh (0)