KXDR mamlakatning sharqiy sohillarida joylashgan Janubiy Simpxo kemalar quriladigan korxonasida ballistik raketalarni tashuvchi suv osti kemalarini qurayotgan bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi “TASS”.
Mazkur taxmin KXDR haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish bilan shug‘ullanadigan 38 North tahliliy portalida chop etilgan ekspert maqolasida o‘z aksini topgan.
Ekspertlar bunday xulosaga kelishi uchun 5-noyabr kuni yo‘ldoshlar orqali olingan suratlar asos bo‘lgan. Xususan, suratlarda suv osti kemasi mustahkam korpusining tashqi qismlari ekanligi aytilayotgan ikkita silindrsimon obyekt ko‘zga tashlanadi.
Ulardan birining diametri 7,1 metrni tashkil etadi, ikkinchisi esa konussimon shaklda bo‘lib 7,1 metrdan 6,1 metrgacha toraygan.
Mazkur ma’lumotlarga asoslanib, ekspertlar KXDRning ballistik raketa tashish xususiyatiga ega Simpxo klassi suv osti kemalari yaratmoqda, degan xulosaga keldi.
Izoh (0)