Zimbabve prezidenti Robert Mugabe 17-noyabr, juma kuni poytaxt Xararedagi Ochiq universitetning bitiruv marosimida qatnashdi. Meduza’ning yozishicha, bu Mugabening mamlakatda hokimiyat harbiylar qo‘liga o‘tib, prezident ular tomonidan uy qamog‘iga solinganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berishidir. Harbiylar Mugabe bilan uning hokimiyatdan voz kechishi shartlari borasida muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan. Mugabe mamlakatni 37 yildan beri boshqaradi.
Foto: Robert Mugabe Zimbabveda hokimiyat harbiylar qo‘liga o‘tganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi
Mavzuga doir
×
Izoh (0)