Rossiyadagi N.I. Lobachevskiy nomli Nijegorod davlat universiteti shu yilning 13-dekabrida Rossiyadagi birinchi neyrointerfeysli avtomobilning to‘liq hajmli maketini namoyish qiladi, deb yozadi “Motor”.
Harakatlari cheklangan odamlar uchun mo‘ljallangan elektrokarni fikr kuchi bilan boshqarish mumkin bo‘ladi. Seriyali mashina narxi 550—990 ming rubl (taxminan 9200—16500 dollar) bo‘ladi.
Universitetda miya va avtomobil bort tizimlari o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi tizim ustida ishlashmoqda. Ishlab chiquvchilar tomonidan yaratilgan maxsus algoritmlar turli modallikdagi signallarni hisobga oladi va ularni mashinani boshqarish tizimiga uzatadi.
Neyromobil taxminan 20 ot kuchiga teng nosinxron elektr dvigatelga ega bo‘ladi. Bir marta olgan quvvati 200—600 kilometr masofaga yetadi.
Izoh (0)