BMW kompaniyasi markaning barcha ishlab chiqarish quvvatlarini yangilanuvchi energiya manbalariga o‘tkazish rejasi haqida e’lon qildi, deb yozadi “Motor”.
Shu tariqa, Janubiy Afrikaning Rosslin shahridagi zavod elektr energiyasini biomassa — go‘ng va tovuq axlatidan oladi.
O‘tgan yil oxiri holatiga ko‘ra, BMW’ning 14 ta mamlakatda joylashgan zavodlarida elektr energiyasining 63 foizi yangilanuvchi energiya manbalaridan olingan. Masalan, Leypsigdagi korxona shamol generatorlarida, Spartanbergdagisi — yaqin oradagi chiqindilar poligonida ishlab chiqariladigan metanda ishlaydi. 2020-yilgacha kompaniya barcha ishlab chiqarishni yangilanuvchi energiya manbalariga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)