Aerolineas Argentinas samolyoti Buenos-Ayres aeroportiga qo‘nish chog‘ida uchuvchisiz uchish qurilmasi bilan to‘qnashdi. Bu haqda aviakompaniya ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Dron Boeing 737-800 samolyotining tumshug‘iga urildi. Hodisadan so‘ng kema parvozdan chetlatildi va texnik ko‘rikka jo‘natildi.
“U to‘g‘ri tumshuqqa kelib urildi. Agar dvigatelga to‘qnash kelganda, uni sindirgan bo‘lardi. Dron endi boshqa uchmasa kerak”, — vaziyatga izoh berdi kema uchuvchisi.
Qurilma aeroport hududiga qanday kelib qolgani ma’lum emas, hozirda rasmiylar uning operatorini topishga urinmoqda.
Izoh (0)