Fransiya parlamentining quyi palatasi “Milliy front” yetakchisi Marin Le Penni deputatlik daxlsizligidan mahrum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qaror sud so‘rovi asosida 22 deputatdan iborat kollegiya tomonidan qabul qilindi. Daxlsizlikdan mahrum etish sud uchun Le Penga chaqiriqnomalar jo‘natish imkonini beradi.
Fransiyada 2015-yil dekabrida Le Pen Twitter orqali IShID jangarilari tomonidan garovdagi shaxslar o‘ldirilishi aks etgan fotolarni tarqatganidan so‘ng unga nisbatan tekshiruv boshlandi. Mamlakat sud rasmiylari “Milliy front” yetakchisi zo‘ravonlik tasvirlarini chop etib, mavjud qonunlarni buzgan deb hisoblamoqda.
Izoh (0)