AQSh senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi Amerika teletarmoqlarida Rossiya kontentining bir qismi translyatsiyasini taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda 2018-moliya yili uchun mudofaa budjeti loyihasida aytiladi.
“Distribyutorlar uchun Rossiya hukumati qo‘l ostida bo‘lgan, u tomonidan nazorat qilinadigan yoki moliyalashtiriladigan kontentni telestansiyalarga uzatish majburiyatlarini ko‘zda tutish kerak emas. Shuningdek, distribyutorlarni Rossiya hukumati qo‘l ostida bo‘lgan, u tomonidan nazorat qilinadigan yoki moliyalashtiriladigan videodasturni yaratish sharti asosida kanalni istalgan shaxsga ijaraga berish majburiyatlari bilan bog‘lash kerak emas”, — deydi senatorlar.
25-oktabr kuni Moskva Vashingtonni Rossiya OAVlariga AQSh hududida tinch ishlash imkoniyatini berishga chaqirgan edi.
Izoh (0)