AQSh moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 9-noyabrdan e’tiboran Vashington Kubaga nisbatan sanksiyalarni qat’iylashtiradi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Biz Kuba xalqiga siyosiy va iqtisodiy erkinlikni taqdim etish uchun mazkur mamlakatga nisbatan choralarni qa’iylashtiramiz”, — deydi AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin.
Asosiy o‘zgarishlar moliyaviy tranzaksiyalar, savdo, ta’lim olish bilan bog‘liq safarlar va boshqa bir qator yo‘nalishlarga taalluqli bo‘ladi.
Xususan, Amerika yurisdiksiyasi nazoratida bo‘lgan fuqarolarga AQSh davlat departamenti ro‘yxatiga kiritilgan tashkilotlar bilan moliyaviy kelishuvlarni amalga oshirish taqiqlandi.
Mazkur taqiq Kuba armiyasi nazorati ostida bo‘lgan yoki uning nomidan harakat qiladigan tashkilotlarga, razvedka, xavfsizlik xizmatlariga tegishli.
Kubaga ta’lim dasturlari orqali bormoqchi bo‘lgan shaxslar ham mazkur tashrifni Amerika yurisdiksiyasi nazorati ostida bo‘lgan tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Izoh (0)