NATOda kibertahdidlarga qarshi turish bo‘yicha qo‘mondonlik markazi tashkil etiladi. Bu haqdagi qaror alyans mudofaa vazirlarining Bryusseldagi uchrashuvida qabul qilindi, deya xabar beradi Meduza.
Uchrashuv qatnashchilari kiberhujumlarni jangovar harakatlarning bir qismi sifatida tan oldi. Markazning vazifasi bunday hujumlardan samarali himoyalanishdan iborat.
Yangi tashkilot qayerda joylashishiga aniqlik kiritilmadi, biroq u NATOning mavjud tizimidan o‘rin olishi bildirildi.
Alyans bosh kotibi Yens Stoltenbergga ko‘ra, oxirgi paytlarda NATOning ko‘plab davlatlari Rossiya tomonidan uyushtirilayotgan xakerlik hujumlaridan nolimoqda. Biroq alyansning kibertahdidlarga qarshi kurash borasida barcha harakatlari mudofaa ko‘rinishida bo‘ladi va biron-bir mamlakatga qarshi qaratilmaydi.
Izoh (0)