“Boko Haram” jangarilarining Nigeriya shimoli-sharqidagi aholi punktiga hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy ma’muriyat vakillariga ko‘ra, 20 ga yaqin qurolli jangari Borno shtati poytaxti Mayduguridan 50 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Jaddanam shahriga hujum qildi.
“Ular 6 kishini o‘ldirdi va deyarli butun shaharni yoqib yubordi. Shuningdek, chorva va oziq-ovqat zaxiralarini yo‘q qildi. Natijada mahalliy aholi yeguliksiz qoldi”, — ma’lum qildi ma’muriyat vakillari.
Mansabdorlar markaziy hukumatni yordamga kelish va hujumga uchragan seraholi hududda patrullar sonini ko‘paytirishga chaqirdi.
Izoh (0)