O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi san’atkorlarning faoliyati, sahnada o‘zini tutishi, imiji, kiyinishi, muomala madaniyatini nazoratga oladi. Bu 3-noyabr kuni vazirlik va markaz o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumida ko‘zda tutilgan, deb xabar berdi UZ24.
Ushbu hamkorlik asosida, shuningdek, teatr san’ati, milliy va zamonaviy qo‘shiqchilik, raqs san’ati hamda teleradiokanallarda efirga uzatiladigan qo‘shiq va kliplarning mazmun-mohiyati, konsert dasturlarining o‘zbek milliy ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini ham nazorat ostiga olish rejalashtirilgan.
Izoh (0)