AQSh aholisining yarmidan ortig‘i prezident Trampga ishonch bildirmadi. Bu Qo‘shma Shtatlar prezidentlari o‘rtasida 70 yil mobaynida qo‘llab-quvvatlashning eng past darajasi, deb xabar beradi “TASS”.
The Washington Post gazetasi va ABC telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, respondentlarning 65 foizi Tramp lavozimida bo‘lib turgan salkam to‘qqiz oy davomida hech qanday natijaga erishmadi. Uning faoliyatini amerikaliklarning atigi 35 foizi ma’qulladi.
Respondentlar Trampning iqtisodiy siyosati (53 foiz), sog‘liqni saqlash tizimidagi islohoti (70 foiz), irqiy munosabatlarga yondoshuvidan (70 foiz) norozi.
Shu bilan birga, so‘ralganlarning 40 foizi Trampni “kuchli yetakchi” deb baholadi.
Izoh (0)