Rossiya prezidenti Vladimir Putinga “Ij” og‘ir mototsiklini namoyish etishdi, deb yozadi “TASS”. Ta’kidlanishicha, ushbu qurilma “Kortej” loyihasi uchun ishlab chiqilgan, ammo ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur dastur mototsikl yaratishni ko‘zda tutmaydi.
Transport vositasi soatiga 250 km tezlikka erishishga qodir bo‘lib, qariyb 150 ot kuchiga teng benzinli oppozit dvigatelga ega. “Rostex”ning alohida vazifalar bo‘yicha direktori Vasiliy Brovko aniqlik kiritishicha, texnikani “Kalashnikov” konserni ishlab chiqmoqda.
Namoyish vaqtida olingan suratlarga ko‘ra, yangi mototsiklni prezident bilan birga patriarx Kirill, Rossiya muftiylar kengashi rahbari Ravil Gaynutdin, Musulmonlar markaziy diniy boshqarmasi raisi Talgat Tajuddin va Buddaviylar jamiyati rahbari Pandito Xambo lama Damba Ayusheyev ko‘zdan kechirgan.
Izoh (0)