Samarqand shahar ko‘chalarida zamonaviy LE-60 markali ISUZU avtobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi, deya xabar bermoqda “Zarafshon” gazetasi.
Xabar berishlaricha, “Samarqandhamkortrans” kompaniyasiga tegishli ikki yangi avtobus “6Ye — Kimyogarlar qo‘rg‘oni — Universitet xiyoboni” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanmoqda.
Sinov tariqasida harakatga chiqarilgan LE-60 markali bu yangi avtobuslar 56 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 25 o‘rindiqli. Kompaniya vakillariga ko‘ra, yo‘lovchilar soni, yoqilg‘i xarajatlari va boshqa omillar o‘rganilgach, avtobuslar soni oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etishlaricha, har bir avtobus uchun “Mikrokreditbank” viloyat filialidan besh yil muddatga 414 million so‘mdan kredit olingan.
Izoh (0)