Suriyaning Dayr az-Zavr shahri yaqinidagi qochqinlar markazida minalashtirilgan avtomobil portlatildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
SANA agentligiga ko‘ra, terrorchi-xudkush Dayr az-Zavr shimoli-g‘arbida joylashgan Koniko va Jafra aholi punktlari oralig‘idagi yirik qochqinlar markaziga minalashtirilgan mashinada kirib kelgan va portlovchi qurilmani harakatga keltirgan.
Hodisa oqibatida o‘nlab fuqaro halok bo‘lgani va yaralangani bildirilmoqda.
Izoh (0)