Meksikalik siyosatchi Andres Manuel Lopes Obrador mamlakat prezidenti Enriko Penya Nyeto foydalanadigan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini AQSh prezidenti Donald Trampga sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS“ xabar bermoqda.
“Milliy qayta tiklanish harakati” partiyasi yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u kelgusi yildagi prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lsa Oq Uy rahbariga mazkur taklif bilan murojaat qilmoqchi.
“Qaytaraman, biz prezident samolyotini sotamiz. Avvalo biz uni Trampga taklif qilamiz, agar u mazkur taklifni qabul qilmasa, u holda boshqa Boeing kompaniyasiga murojaat qilamiz”, — deb yozdi siyosatchi Twitter’dagi sahifasida.
2012-yilda Felipe Kalderon prezidentligi davrida buyurtma qilingan birinchi raqamli bort Meksikaga 2016-yilning fevralida olib kelingan. Uning bahosi 350 milliondan 580 milliongacha deb baholangan.
Izoh (0)