Oq uy Rossiyani BMT hamkorlik mexanizmi va kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilot ishiga xalaqit berishga uringanlikda aybladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Rossiyaning BMT hamkorlik mexanizmi va kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilot ishiga xalal berishi, insonlarning kimyoviy qurollardan aziyat chekishi va vafot etishiga shafqatsizlarcha munosabat hamda xalqaro normalarga tamomila hurmatsizlikni namoyish etadi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida Suriyadagi kimyoviy hujumlarni tekshirish bo‘yicha BMT hamkorlik mexanizmi va kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilot mandatini uzaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini bloklab qo‘ygan edi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya rezolyutsiya loyihasini qabul qilishgacha doklad bilan tanishib chiqishi zarurligini bildirgan edi.
BMT hamkorlik mexanizmi ekspertlari ishlari mandati 17-noyabr kuni yakunlanadi.
Izoh (0)