Ingliz tilining izohli lug‘ati — Collins English Dictionary tuzuvchilari 2017-yil so‘zi sifatida fake news (“yolg‘on yangiliklar”, “feyk xabarlar”) so‘zlarini topdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Erkin dunyo yetakchisi ularni mazax qiladi va saylovga ta’sir ko‘rsatishda ayblaydi, ammo bugun ‘feyk xabarlar’ haqiqiy yangilikka aylandi, negaki ular Collins versiyasi bo‘yicha yil so‘zi deb e’lon qilindi», — deyiladi sayt lug‘atida.
Collins fake news’ni “yangilik sifatida tarqatiladigan yolg‘on, ba’zan shovshuli axborot” sifatida tavsiflaydi.
2016-yildan beri bu so‘z birikmasining ishlatilishi jahon matbuotida 365 foizga o‘sdi.
Izoh (0)