• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Meni Rossiyada sotib yuborishgan” — aktyor Tal’at Yo‘ldoshev mehnat muhojiri bo‘lgani, ijara uyda yashashi va 8 yil sartaroshlik qilgani haqida (video)

    “Qizim” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Talʼat Yo‘ldoshev YouTube’dagi “Daryo lifestayle” kanaliga bergan intervyusida otasiz ulg‘aygani sabab 9 yoshidan ishlashga majbur bo‘lgani va muhojirlikni boshdan kechirgani haqida gapirdi.

    “9 yoshimda otamdan ayrilganman”

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Dadam rahmatli temiryo‘lda revizor bo‘lib ishlagan. Unga Toshkentga kelib ishlash taklifi ko‘p bo‘lgan ekan, ammo negadir rad etgan. U respublikaning barcha nuqtalariga tekshiruv bilan borar, halolligi uchun uni hurmat qilishar ekan. Afsuski, dadam 43 yoshida vafot etdi va onam uch bola bilan beva qoldi. Akam kasal edi, og‘ir ish qilsa yoki nimadandir asabiylashsa sudurgi tutib, tobi qochardi. Shu bois, onamga ko‘maklashish uchun 9 yoshimdan ishlashni boshlaganman. 8 yil davomida sartaroshlik qilganman. Orada ofitsiantlik, chiptachilik va poyabzal ustachiligini ham qilib, onamga yordamlashdim. 2008-yili do‘stim xonanda Hamdam Sobirov bilan Rossiyaga ishlagani borganmiz. U yerda ham qurilishda ishlab, bir tiyin pulsiz O‘zbekistonga qaytib kelganmiz, deydi Talʼat Yo‘ldoshev.

    “Musofirchilikdagi qiyinchiliklarni eslash ham og‘ir”

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Onam borishimga qarshi bo‘lgan. Ammo oyoq tirab turib olganman. Hamdamning oilaviy sharoiti ham yomon edi, xullas, besh kishi Rossiya qaydasan deb yo‘lga tushganmiz. Menga sartarosh bo‘lishni aytishgandi. Ammo borgandan keyin bir oy ishsiz yurdik, keyin qurilishga olib borishdi. O‘sha yerda pasportlarimizni olib qo‘yib, bizni sotib yuborishganini bilganmiz. U yerdagi qiyinchiliklarni so‘z bilan tasvirlab bo‘lmaydi. Odamning zarracha qadri yo‘q edi. Uydagilar siqilmasin deb telefonda kulib gaplashardik, ammo holimiz juda xarob edi. Akamning boshida o‘simtasi borligi uchun havo almashtirar degan umidda uni ham olib ketgandim. Ammo og‘ir sharoit sabab, har kuni o‘zini yo‘qotib, xushdan ketadigan bo‘lib qoldi. Ish beruvchilarga akamni uyga jo‘natib yuboraylik, desam yo‘q deyishdi. Hatto, buning uchun 3 500 rubl berishimni so‘rashdi. Hech esimdan chiqmaydi o‘sha kuni bitta rusning uyiga borib, hojatxona uchun o‘ra qazigandim. Ammo juda qo‘rqqanman, chunki o‘sha paytlarda baʼzilar pul bermaslik uchun o‘ra qaziyotgan ishchining ustidan tuproq tashlab, o‘ldirishgani haqidagi gaplar qulog‘imga chalingandi. Kechgacha ishlab, yetarli pulni ish beruvchiga olib kelganman, shundan keyingina u bemor akamning uyga qaytishiga ruxsat bergan. Har kuni tekshiruv kelardi, ulgurgan berkinardi yoki urib-turtib mahkamaga ketardi. O‘shanda o‘z-o‘zimga qaytib Rossiyaga ishlash uchun kelmayman, deb vaʼda bergandim, deydi aktyor Talʼat Yo‘ldoshev.

    “Oilaning yolg‘iz erkagiman...”

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Baʼzan katta-kichik davralarda o‘tirganimizda “Unchalik mashhur bo‘lib ketmadingiz, siz isteʼdodli aktyorsiz”, degan gaplarni aytib qolishadi. Odamlarga muammolaringizni bilmay turib, baho berish oson. 2008-yili institutga kirdim, olti oy o‘tar-o‘tmay akam vafot etdi. Undan keyin opamning turmush o‘rtog‘i olamdan o‘tdi. Opam 3 ta qizi bilan qaytib keldi. O‘sha paytda jiyanlarim 5-6 yoshdagi qizaloqlar edi. Ro‘zg‘or yukini yelkamga ilishga va besh ayol uchun masʼul bo‘lishga majbur bo‘ldim. Jiyanlarimni o‘qitib, ularning ikkitasini turmushga berdik. Tan olaman, ijodni emas, baʼzida pulni o‘ylashga majburman. Chunki uyimiz yo‘q, bir necha yildan buyon Toshkentda ijarada yashaymiz. Buning qanchalik qiyinligini ijarada yashaydiganlar yaxshi bilishadi, deydi Talʼat Yo‘ldoshev.

    “Birovga ishonib uysiz qolganman”

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Uy quruvchi juda mashhur firma bilan reklama bo‘yicha ishlaganman. Falon summani bersangiz, uyli bo‘lishingizga yordam beraman deyishdi. Uyni tekinga berishmasdi, ularning piari bilan shug‘ullanishim va kelishuv asosida topgan pulimni beriladigan uyga yo‘naltirishlari kerak edi. Toshkentga kelib ishlari yurishib ketganidan keyin negadir fikrlari o‘zgardi. Men esa Navoiydagi uyni sotib bo‘lgandim, pulni biznesga tikdim, ammo orada avariyaga uchraganim uchun u ishim ham o‘xshamadi. Xullas, quruvchining vaʼdasiga ishonib oila aʼzolarimni uysiz qoldirdim. Bu men uchun og‘ir zarba bo‘ldi, deydi aktyor.

    Suhbatni to‘liq holda tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz.

    30 iyul, 14:57   Izoh (0)   2598
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Dunyo go‘zali 2025” tanlovida kim g‘olib bo‘ldi va u haqda nimalar ma’lum?

    Shou-biznes | 31 iyul, 09:47

    Abbosbek Fayzullayev — “Bashakshehir”ning eng qimmat futbolchisi

    Sport | 31 iyul, 09:40

    FQB: Trampning Rossiya bilan aloqalariga oid maxfiy hujjatlar topildi

    Dunyo | 31 iyul, 09:20

    O‘zbekistonda o‘qituvchilarga dam olish maskanlariga 12 kunlik bepul yo‘llanma beriladi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 09:00

    Qahramonlari kabi o‘zi ham sirli tarzda g‘oyib bo‘lgach, erini taniyolmagan Agata Kristi qanday qilib eng talabgir yozuvchiga aylangan?

    Kitob | 31 iyul, 08:51

    Indoneziyada erkak xo‘roz hujumi oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 31 iyul, 08:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.